Maxsus imkoniyat
A
A
A
Kattalashtirish 30%
16.12.2025 18:50 12

Chortoqsoy bo'ylab Eko-yo'lak qurilishi

Chortoq shahrida Chortoqsoy bo‘ylab “A” hududda 2,0 km uzunlikdagi piyodalar va velosipedlar uchun eko-yo‘lak qurilishi ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunda qurilish ishlarining 1,7 km qismi yakunlangan, qolgan qismida esa daraxt o‘tkazish hamda tosh yo‘laklar (bruschatka) yotqizish ishlari davom etmoqda. Mazkur loyiha “Ko‘chma Mexanizatsiyalashgan Korxona” MChJ va “Hidro Inshaat Servis” MChJ QK (O‘zbekiston, Ozarbayjon) tomonidan amalga oshirilmoqda bo‘lib, loyiha qiymati 3,3 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Shuningdek, 

Chortoq shahrida Chortoqsoy bo‘ylab “B” va “C” hududlarida eko-yo‘laklar qurish bo‘yicha pudrat korxonalari — “Uychi Mega Stroy” MChJ va “Samo Build-14” MChJ QK (O‘zbekiston) bilan 2025 yil 4 aprelda shartnoma imzolandi.

Bugungi kunda tosh yo‘lak (bruschatka) yotqizishdan oldin yer tekislash hamda bordyurlarni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 1,3 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Fotogalereya