Maxsus imkoniyat
A
A
A
Kattalashtirish 30%
25.12.2025 14:00 28

Chortoq shahrini kompleks rivojlantirish "Urban Upgrade" loyihasi doirasida loyihachi tashkilot mutaxassislari bilan dastlabki uchrashuv.

25.12.2025 yil, Toshkent shahrida Loyihani amalga oshirish guruhi (LAOG) rahbariyati va muhandislari, shuningdek Cliffs Dizayn Group MCHJ hamda InfraTECH Consulting MCHJ xodimlari ishtirokida Chortoq Urban Upgrade loyihasi doirasida dastlabki tanishuv va maslahatlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Misr Arab Islom Respublikasidan taklif etilgan yetakchi xalqaro mutaxassislar — Abu Bakr va Rana Muhammad ham ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida loyihaning umumiy konsepsiyasi, asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek shahar hududini kompleks rivojlantirishga qaratilgan rejalashtirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, texnik va shaharsozlik yechimlari, loyihani amalga oshirish bosqichlari hamda xalqaro ilg‘or amaliyotlarni joriy etish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.

Mazkur uchrashuv Chortoq Urban Upgrade loyihasini samarali va muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshirish uchun muhim asos yaratib, keyingi hamkorlik va chuqurlashtirilgan texnik maslahatlashuvlar uchun muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.

Fotogalereya