Maxsus imkoniyat
A
A
A
Kattalashtirish 30%

Loyiha haqida

Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Oʼrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirilishi boʼyicha
(01.12.2025 holatiga)

XMI nomi: “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki” (XTTB);

Loyiha maqsadi: Oʼrta shaharlarda shahar infratuzilmasi, jamoat joylari va kommunal xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;

Qarz bitimi: 2019-yil 11-apreldagi 8914-UZ-sonli (XTTB);

Loyihani amalga oshirish boʼyicha asos: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi PQ-4409-sonli “Oʼrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisidagi qarori;

Loyihani amalga oshirish guruhi direktori: J.B. Matrasulov (LAOG rahbarligida 2024-yil iyundan);

Loyihani amalga oshirish muddati: 2019–2027 yy.;

Loyihani amalga oshirish hududlari: Buxoro viloyatining Kogon, Namangan viloyatining Chortoq va Toshkent viloyatining Yangiyoʼl shaharlari;

Loyihaning umumiy qiymati: 124,12 mln dollari, shundan:

  • Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) ulushi – 100,0 mln dollar;

  • Oʼzbekiston Respublikasi ulushi – 24,12 mln dollari (soliq va bojxona toʼlovlari hamda moliyaviy xarajatlar, shuningdek koʼchib oʼtish boʼyicha xarajatlarni qoplash koʼrinishida).


Loyiha komponentlari

  1. Shahar xizmatlarini takomillashtirish va shahar jamoat joylarini yaxshilash – 78,7 mln dollari (qarz);

  2. Institutsional salohiyatni kuchaytirish va texnik yordam – 14,5 mln dollari (qarz);

  3. Loyihani amalga oshirishni qoʼllab-quvvatlash – 1,87 mln dollari (qarz).

Koʼzda tutilmagan moliyaviy xarajatlar: 4,93 mln dollari (qarz).


Loyiha doirasida belgilangan tadbirlar

1. Namangan viloyati Chortoq shahri:
72,5 km ichimlik suv tarmoqlari (suv tozalash inshooti bilan), 1 ta garaj kompleksi qurish va 15 ta maxsus texnikalar xarid qilish, koʼcha yoritish tizimlarini oʼrnatish, eski 5-sonli maktab va 17-sonli bogʼcha binolari energiya samaradorligini oshirish, 11 km eko-yoʼlakcha qurish, 1 ta istirohat bogʼini rekonstruktsiya qilish va shaharda obodonlashtirish (Urban upgrading) ishlarini olib borish.

2. Buxoro viloyati Kogon shahri:
27,2 km oqova suv tarmoqlari, Amir saroyi va tanlangan boshqa madaniy meros binolarini restavratsiya qilish, 1 ta garaj kompleksi qurish va 15 ta maxsus texnikalar xarid qilish, kompleks rivojlantirish (Urban upgrading) boʼyicha koʼcha yoritish tizimlarini oʼrnatish, 1 ta piyodalar koʼprigini rekonstruktsiya qilish, ichki yoʼllarning 5 km qismini asfalьt qilish, 3 km eko-yoʼlakcha qurish va shaharda obodonlashtirish ishlarini olib borish.

3. Toshkent viloyati Yangiyoʼl shahri:
52 km ichimlik suv tarmoqlari, 1 ta garaj kompleksi qurish va 13 ta maxsus texnikalar xarid qilish, kompleks rivojlantirish (Urban upgrading) yuzasidan 2 ta yer osti va 2 ta yer usti piyodalar koʼprigini qurish, kanalda 1 ta charxpalak uskunasini oʼrnatish, 8,2 km piyodalar yoʼlkasini qurish, markaziy koʼchada 1 ta favvora qurish va 1 ta favvorani rekonstruktsiya qilish, koʼcha yoritish tizimlari, oʼrindiqlarini va boshqa elementlarni oʼrnatish belgilangan.

Аmalga oshirilgan ishlar:
    - Chortoq shahrida eski 17-son bolalar bogʼchasi va 5-sonli maktab binolari mukammal rekonstruktsiya va energiya samaradorligi modernizatsiya qilindi (0,46 mln dollar);
    - Chortoq, Kogon va Yangiyoʼl shaharlarini mashina-mexanizm bazasini rivojlantirish maqsadida Chortoq tuman hokimligi uchun 15 dona, Kogon shahar hokimligi uchun 15 dona hamda Yangiyoʼl shahar hokimligi uchun 13 dona, jami 43 dona har xil turdagi maxsus texnikalar xarid qilindi va foydalanishga topshirildi (3,0 mln dollar);
    - Chortoq, Kogon va Yangiyoʼl shahar hokimliklariga xarid qilingan maxsus texnikalarni saqlash va xizmat koʼrsatish uchun 3 ta garaj komplekslari qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi (0,9 mln dollar);
    - Chortoq shahridagi eski dehqon bozorini “Sayyohlar savdo markazi”ga aylantirish boʼyicha rekonstruktsiya ishlari yakunlandi (0,64 mln dollar);
    - Chortoq shahri Chortoqsoy boʼylab “А” hududida suv kanalini kesib oʼtuvchi 5 ta piyodalar qatnovi uchun koʼpriklar qurildi (0,4 mln dollar);
    - Yangiyoʼl shahrida 2 ta shartnomaga doirasida 52 km uzunlikdagi ichimlik suv taʼminoti tizimlari qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Xususan, 36,3 km tarmoqda 84 ta gidrantlar, 79 ta boshqaruv kolodetslar, 45 ming m2 asfalьtlash va 1 100 ta xonadonlarga ulanish hamda, 12,1 km markaziy tarmoq, 12 ta quduq, 4 ta nasos stantsiya va 12 ta quduqlarda nasoslar oʼrnatish va 3,8 km ichki tarmoqlar, 1 ta transformator stantsiya qurilishi yakunlandi (9,8 mln dollar).

Аmaldagi ishlar:
    - Chortoq shahrida 72,5 km ichimlik suv tizimlarini rekonstruktsiya qilish yuzasidan pudrat korxonasi - Henan Water & Power Engineering Consulting Co., Ltd (Xitoy) bilan 2025-yil 12-martda shartnoma imzolandi. Bugungi kunda, qurilish ishlari Chortoqsoy boʼylab “А” hududdan oʼtuvchi ichimlik suv quvurlarini oʼtkazish va Аrbagʼish qishlogʼi hududidagi suv rezervuari qurish ishlari amalga oshirilmoqda (24,0 mln dollar);
    - Chortoq shahrida ichimlik va oqava suv tizimlarini rekonstruktsiya qilish davomida qurilish ishlarini texnik nazorat qilish maqsadida konsulьtant xizmatlar koʼrsatuvchi korxona - “Megastroy Kontrol Biznes” MChJ, “Sardor Construction Sontrol” MChJ va “Navbahor Qurulish Nazorat monitoring” MChJ QK (Oʼzbekiston) bilan 2025-yil 7-aprelda shartnoma imzolandi va qurilish ishlarini texnik nazorat ishlari olib borilmoqda (0,3 mln dollari);
    - Chortoq shahri Chortoqsoy boʼylab “А” hududda 2,0 km uzunlikdagi piyodalar va velosiped eko-yoʼlak qurilish ishlari olib borilmoqda va hozirda qurilish ishlari 1,7 km qismi yakunlanib, daraxt oʼtkazish va tosh yoʼlaklar (bruschatka) yotqizish ishlari davom etmoqda (“Ko'chma Mexanizatsiyalashgan Korxona” MChJ va “Hidro Inshaat Servis” MChJ QK – Oʼzbekiston, Ozarbayjon 3,3 mln dollar);
    - Chortoq shahri Chortoqsoy boʼylab “B” va “C” hududlarida eko-yoʼlaklar qurish boʼyicha pudrat korxonasi - “Uychi Mega Stroy” MChJ va “Samo Build-14” MChJ QK (Oʼzbekiston) bilan 2025-yil 4-aprelda shartnoma imzolandi. Bugungi kunda tosh yoʼlak yotqizishdan oldin yer tekislash, bordyurlarni oʼrnatish ishlari amalga oshirilmoqda (1,3 mln dollari);
    - Kogon shahridagi temir yoʼl vokzalining oldi qismida joylashgan Аmir saroyi va qator madaniy meros binolarini restavratsiya qilish yuzasidan Buxoro viloyati Madaniy meros obʼektlarini restavratsiya qilish mintaqaviy Direktsiya markazi bilan 2025-yil 20-fevralda imzolangan shartnoma asosida restavratsiya ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, bugungi kunda qoʼshimcha amalga oshiriladigan restavratsiya ishlari boʼyicha loyiha-smeta hujjatlariga loyihachi tomonidan qoʼshimcha oʼzgartirishlar kiritilmoqda (3,2 mln dollari);
  - Yangiyoʼl shahrini kompleks rivojlantirish (Urban upgrading) yuzasidan xususan - 2 ta yer osti va 2 ta yer usti piyodalar koʼprigini qurish, kanalda 1 ta charxpalak uskunasini oʼrnatish, piyodalar yoʼlkasini qurish, markaziy koʼchada 1 ta favvora qurish va 1 ta favvorani rekonstruktsiya qilish, koʼcha yoritish tizimlari, oʼrindiqlar, axlat idishlari va boshqa elementlarni oʼrnatish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi tashkilot - “Asia Industry Invest” MChJ va “Water Engineering Pro” MChJ QK bilan 2025-yil 17-iyulda shartnoma imzolandi va hududda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda, loyiha chizmalari, quvvatlar boʼyicha xisob kitoblar yakunlandi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda (0,37 mln dollari);
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini kompleks rivojlantirish strategiyalari va shahar(tuman)lar master rejalarini ishlab chiqish boʼyicha xalqaro konsulьtantlar jamoasi - Groupe Huit (Frantsiya, yetakchi), Buro Happold (Buyuk Britaniya, aʼzo) va InfraTech Consulting SDN Ltd. (Oʼzbekiston, aʼzo) QK bilan 2025-yil 11-iyulda shartnoma imzolandi. Bugungi kunda, konsulьtantlar jamoasi tomonidan hududlarda maʼlumotlarni toʼplash, tahlil qilish, viloyat va tuman hokimliklari hamda boshqa masʼul tashkilotlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda. Shuningdek, tumanlarda aholi va masʼullar ishtirokida oʼquv seminarlari olib borilmoqda (2,3 mln dollari). Shu bilan birgalikda, ushbu master rejalarga qoʼshimcha hududlar (Yakkabogʼ, Qamashi va Denov maʼmuriyat binosi) master rejalari va bino qurilishi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʼyicha konsulьtantlar jamoasi bilan qoʼshimcha kelishuv imzolanmoqda (qoʼshimcha kelishuv qiymati 1,5 mln dollarini tashkil qiladi); 
- Shuningdek, mazkur master rejalar va rivojlantirish strategiyalarni ishlab chiqish davrida maʼlumotlarni tahlil qilish, toʼplash va ularni xalqaro jalb qilinayotgan konsultantlar jamoasi tomonidan tayyorlanishida mahalliy qurilish va qonunchilik normativlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish maqsadida 
3 ta shaharsozlik (Urban Planner) va 3 ta xaritalar bilan ishlovchi (GIS) mutaxassislari jalb qilindi (0,2 mln dollar);
- Chortoq shahridagi jami hududi 7,2 ga teng “Furqat” istirohat bogʼini rekonstruktsiya qilish boʼyicha pudrat korxonasi - “QURILISH ZIYO BUILDING” MChJ bilan 2025-yil 7-oktabrda shartnoma imzolandi va qurilish ishlari boshlanadi. Bugungi kunda, qurilish maydonida eski inshootlarni buzish, yerlarni tekislash va park hududidagi sunʼiy koʼl ostini betonlashtirish uchun yer tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda (2,8 mln dollar);
- Chortoq shahrini kompleks rivojlantirish (Urban upgrading) loyihalari boʼyicha belgilangan qurilish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi tashkilot - “CLIFFS DIZAYN GROUP” MChJ & “INFRATECH CONSULTING SDN” MChJ QK, bilan 2025-yil 7-oktabrda shartnoma imzolandi va hududda loyiha ishlari boshlandi. Bugungi kunda, loyiha hududida amalga oshiriladigan ishlar boʼyicha chizmalar va sxemalar ishlab chiqilmoqda (0,4 mln dollar);
- Kogon shahrini kompleks rivojlantirish (Urban upgrading) boʼyicha belgilangan qurilish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi tashkilot - “BUXARA ARXPROEKT” XK & “MAXSUS STANDART PROJECT” MChJ QK bilan 2025 yil 7 oktabrda shartnoma imzolandi hududda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda, loyiha hududida amalga oshiriladigan ishlar boʼyicha chizmalar va sxemalar ishlab chiqilmoqda (0,3 mln dollar);
 

Tender jarayonidagi ishlar:
- Toshkent viloyatini Toshkent shahri bilan integratsiya holda rivojlantirishga qaratilgan hududiy rejalashtirish strategiyasi hamda 3 ta tuman (shahar)ning kompleks master rejalarini ishlab chiqish boʼyicha texnik topshiriq (TZ) eʼlonga 2025-yil iyun oyida berildi. Tender natijasida mazkur rejalashtirish ishlarini amalga oshirishga qiziqish bildirgan ishtirokchilari birinchi bosqichda baholandi va ularning qisqa roʼyxati shakllantirildi. Mazkur qisqa roʼyxat Jahon banki hamda baholash komissiyasi tomonidan 2025-yil oktabr oyida tasdiqlanib, tanlangan ishtirokchilarga takliflar soʼrovi (Request for Proposals) 2025 yil 16 oktabrda yuborildi. Takliflarni taqdim etishning yakuniy muddati 2025 yil 13 noyabrgacha belgilangan boʼlib, ushbu sanaga qadar taqdim etilgan takliflar asosida gʼolib ishtirokchini aniqlash boʼyicha yakuniy baholash ishlari 2025 yil dekabr oyi yakuniga qadar amalga oshiriladi;

Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Oʼrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” (qoʼshimcha moliyalashtirish) loyihasini amalga oshirilishi boʼyicha  (01.12.2025 holatiga)
 

XMI nomi: “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki” (XTU va OIIB);
Loyiha maqsadi: Oʼrta shaharlarida shahar infratuzilmasi, jamoat joylari va kommunal xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
Qarz bitimi: 2022 yil 30 sentyabrdagi 6913-UZ-sonli (XTU) va 2022 yil 14 oktyabrdagi L0474A-sonli (OIB);
Loyihani amalga oshirish boʼyicha asos: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 31 yanvardagi PQ-47-sonli “Oʼrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” (qoʼshimcha moliyalashtirish) loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisidagi qarorlari;
Loyihani amalga oshirish guruhi direktori: J.B. Matrasulov (LАOG rahbarligida 2024 yil iyunь oyidan).
Loyihani amalga oshirish muddati: 2024-2027 yy;
Loyihani amalga oshirish hududlari: Qashqadaryo viloyati 6 ta shahar (Koson, Dehqonobod, Shahrisabz, Kitob, Gʼuzor va Qamashi (Maydanak)) hamda Surxondaryo viloyati 8 ta shahar (Jarqoʼrgʼon, Qumqoʼrgʼon, Sariosiyo, Uzun, Denov, Shoʼrchi, Sherobod va Boysun (Omonxona));
Loyihaning umumiy qiymati: 243,19 mln dollari shundan: 
- Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) ulushi - 100,0 mln dollari;
- Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIB) ulushi 
- 100,0 mln dollari; 
- Oʼzbekiston Respublikasi ulush - 43,19 mln dollari soliq 
va bojxona toʼlovlari hamda moliyaviy xarajatlar, shuningdek koʼchib oʼtish boʼyicha xarajatlarni qoplash koʼrinishida).

Loyiha quyidagi 3 ta komponentdan iborat:
1. komponent: Shahar xizmatlarini takomillashtirish va shahar jamoat joylarini yaxshilash – 177,0 mln dollari (qarz);
2. komponent: Institutsional salohiyatni kuchaytirish va texnik yordam – 17,75 mln dollari (qarz);
3. komponent: Loyihani amalga oshirishni qoʼllab-quvvatlash 
– 5,0 mln dollari (qarz);
Shuningdek, 0,25 mln dollari bir martalik komissiya xarajatlari uchun ajratilgan.

Loyiha doirasida belgilangan tadbirlar:
 

Qashqadaryo viloyati (6 ta) shaharlarida 206,7 km ichimlik suvi va 6 ta suv inshoot, 227,9 km oqova suv tarmoqlari va 21 ta inshoot, 32,8 km yoʼl infratuzilmasini yaxshilash, 1,3 km piyodalar va velosipedchilar yoʼlkasini qurish, 80 ta koʼcha yoritish tizimlarini oʼrnatish va 70 ta kichik mexanizmlar xarid qilish, markaziy 2 ta istirohat bogʼlarini rekonstruktsiya qilish, 1 ta Madaniyat uyi va 1 ta mahalla binosini tarkibida yoshlar kovorking markazini tashkil qilish.
 

Surxondaryo viloyati (8 ta) shaharlarida 331,0 km ichimlik suvi va 6 ta suv inshoot, 99,3 km oqova suv tarmoqlari va 9 ta inshoot, 319,8 km yoʼl infratuzilmasini yaxshilash, 43,5 km piyodalar va velosipedchilar uchun yoʼlak qurish, 1 400 ta koʼcha yoritish tizimlarini oʼrnatish, 7 ta garaj komplekslarini qurish va 56 ta kichik mexanizmlar xarid qilish.

Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar:


- Kitob va Shahrisabz shaharlarida ichimlik suv taʼminoti tarmoqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish maqsadida loyihachi tashkilot - “Aziya Industry Invest” MChJ & “Navoiy Suv Loyiha” MChJ & “Water Engineering-Pro” MChJ QK (Oʼzbekiston) bilan 2025 yil 12 mayda shartnoma imzolandi va hududlarda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda, loyihalarning chizmalari va quvvatlar tayyorlanib loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayoni amalga oshirilmoqda (0,62 mln dollar);
- Koson va Gʼuzor shaharlarida oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlarini loyihalashtirish yuzasidan loyihachi tashkilot xususan, ALTER Uluslararası Mühendislik ve Müşavirlik Hizmetleri A.Ş. (Turkiya) bilan 2025 yil 29 iyulda shartnoma imzolandi va hududlarda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda loyihalarning chizmalari tayyorlandi va texnik quvvatlarning hisob-kitob ishlari amalga oshirilmoqda (0,9 mln dollar);
- Kitob va Gʼuzor shaharlari markazlaridagi madaniyat va istirohat bogʼlarini rekonstruktsiya qilish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi - “ULTRA GROUP” MChJ (Oʼzbekiston), tashkilot bilan 2025 yil 7 avgustda shartnoma imzolandi va hududda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda, loyiha hududini oʼrganish, amalga oshiriladigan ishlar takliflari boʼyicha chizmalar va renderlar tayyorlandi va tuman hokimliklari bilan loyiha rejalari kelishilmoqda (0,1 mln dollar);
- Viloyatda xarid qilinadigan maxsus texnikalarning soni va quvvatlari (spetsifikatsiya) viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlandi va 2026-yil yanvar oyidan texnika yetkazib beruvchi korxona tanlab olish boʼyicha tender eʼloni boshlanadi ;
- Dehqonobod shahrida Madaniyat uyi binosini qurish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi tashkilot jalb qilish yuzasidan texnik topshiriq LАOG tomonidan ishlab chiqildi va JBga koʼrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritildi. Shunga koʼra, texnik topshiriqni tasdiqlash va tender eʼlonini boshlanishi 2025-yil dekabr oyidan boshlanadi;
- Koson shahrida Yoshlar kovorking markazi binosini qurish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi tashkilot jalb qilish yuzasidan texnik topshiriq LАOG tomonidan ishlab chiqildi va JBga koʼrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritildi Shunga koʼra, texnik topshiriqni tasdiqlash va tender eʼlonini boshlanishi 2025 yil dekabrь oyidan boshlanadi;
- Shuningdek, joriy yil rejasiga qoʼshimcha tarzda amalga oshirilayotgan, Qamashi tumani Maydanak hududiga olib boradigan yoʼl infratuzilmasini qurish va taʼmirlash ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi – "QASHQADARYO KOMPLEKS LOYIHA QIDIRUV EKSPEDITSIYASI" JAMOA KORXONASI bilan 2025 yil 15 oktyabrda shartnoma imzolandi va hududda loyiha ishlari boshlandi (0,24 mln dollar).


Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar:
- Jarqoʼrgʼon, Qumqoʼrgʼon, Shoʼrchi, Uzun
va Sariosiyo shaharlarida ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi - “Art Cevre Teknolojilleri Insaat Muhendislik Turizm Ticaret” MChJ & “Kommunal Liti” DUK QK (Turkiya, Oʼzbekiston) bilan 2025 yil 25 iyulda shartnoma imzolanib, barcha hududlarda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda loyihalarning chizmalari tayyorlandi va texnik quvvatlarning hisob-kitob ishlari amalga oshirilmoqda (0,9 mln dollar);
- Surxondaryo viloyatida garaj komplekslarini (7 ta) qurish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi - “Nufuz” MChJ (Oʼzbekiston) bilan 2025 yil 16 iyunda shartnoma imzolandi va hududlarda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda loyihalashtirish ishlari yakunlandi va bosqichma-bosqich tayyorlangan loyihalar davlat ekspertiza portaliga topshirilmoqda (0,1 mln dollar); 
- Surxondaryo viloyatida xarid qilinadigan maxsus texnikalar boʼyicha kompaniyalar bilan xususan, “HEBEI YOUNGSUN LOGISTICS CO., LTD.” - 11 & 12, “GUANGZHOU HALO IMPORT AND EXPORT CO., LTD” - 13 & 14 (Xitoy) bidan 2025 yil 8 oktyabrda shartnoma imzolandi. Shartnomaga koʼra, texnikalarni yetkazib berish joriy yil yakuni va 2026-yil 1-choragida yakunlanadi (texnikalarni yetkazib berish lotlarga boʼlingan holda amalga oshiriladi);
- Sherobod shahrida "Turizm markazi" binosini qurish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi tashkilot jalb qilish yuzasidan texnik topshiriq LАOG tomonidan ishlab chiqildi hamda JBga koʼrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritildi. Shuningdek, ushbu "Turizm markazi" binosi hududi Surxondaryo viloyati Sherobod shahridan Termiz tumaniga viloyat hokimi taklifi bilan koʼchirildi (dastlabki rejaga nisbatan hudud maydoni 3 barobarga oshirildi). Bugungi kunda, ushbu markaz hududi va quvvatlari oʼzgarganligi sababli texnik topshiriqqa JB bilan kelishgan holda oʼzgartirishlar kiritilmoqda;
- Shuningdek, joriy yil rejasiga qoʼshimcha tarzda amalga oshirilayotgan, Boysun tumani Omonxona hududiga olib boradigan yoʼl infratuzilmasini va ichimlik suv tarmoqlarini qurish va taʼmirlash ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi - “JANUBYOLLOYIHA” MChJ (Oʼzbekiston) bilan 2025-yil 7-oktabrda shartnoma imzolandi va hududda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda loyihalarning chizmalari tayyorlandi va texnik quvvatlarning hisob-kitob ishlari amalga oshirilmoqda (0,3 mln dollar);
- Loyihaning 2 komponenti doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-sonli qaroriga va 2025-yil 8-oktyabrdagi PQ-298-sonli qarorlariga muvofiq Respublikaning 33 ta hududlarda 5 ta lotga boʼlingan holda jadal rivojlantirish strategiyalari va master rejalarini ishlab chiqish boʼyicha JB konsultantlari bilan birgalikda texnik topshiriqlar ishlab chiqildi va JB tomonidan tasdiqlandi. Shunga koʼra, 2025-yil avgust oyidan xalqaro konsultant kompaniyalarni tanlab olish boʼyicha tender savdolari boshlandi va 2025-yil sentabr oyida yakunlandi. Bugungi kunda tender ishtirokchilarini baholash (Short list - qisqa roʼyxat shakllantirish boʼyicha) ishlari amalga oshirilmoqda va bunda JB ekspertlari jalb qilingan.