Maxsus imkoniyat
A
A
A
Kattalashtirish 30%
16.12.2025 11:30 16

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatidagi tumanlarning master rejalarini ishlab chiqish bo'yicha yig'ilish

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari fazoviy-hududiy strategiyalari va tanlab olingan shahar(tuman)larning master rejalarini ishlab chiqish maqsadida jalb qilingan xalqaro konsultantlar jamoasi xususan, Group Huit, (Fransiya, yetakchi), Buro Happold (Buyuk Britaniya, a'zo) va Infratech Consulting SDN (O'zbekiston, a'zo), 2025-yil 9-dekabrdan O'zbekistondagi navbatdagi missiyasini boshladi. 

Uchrashuvda bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, mavjud muaamo va takliflar, yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni barataraf etish yuzasidan muhokamalar o'tkazilib keyingi bosqichda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan kelishib olindi.

Shu bilan birgalikda, ushbu shartnomaga qo'shimcha tarzda jadal rivojlanayotgan hududlar xususan Qashqadaryo viliyoti Qamashi, Yakkabog' hamda Surxondaryo viloyati Muzrabod, Qiziriq tumanlarining master rejalarini va Denov tuman ma'muriyat binosi   loyihasini ishlab chiqish yuzasidan qo'shimcha kelishuvlar imzolash ishlari olib borilmoqda.

Fotogalereya