Maxsus imkoniyat
A
A
A
Kattalashtirish 30%
16.12.2025 14:40 24

Kogon shahrini kompleks rivojlantirish (Urban upgrading)

2025-yil 7-oktabr kuni Kogon shahrini kompleks rivojlantirish (Urban Upgrading) loyihasi doirasida qurilish ishlarini rejalashtirish maqsadida loyihachi tashkilotlar sifatida “BUXARA ARXPROEKT” XK va “MAXSUS STANDART PROJECT” MChJ QK bilan shartnoma imzolandi. Ushbu shartnoma asosida hududda loyihalashtirish ishlari rasmiy ravishda boshlandi.

Hozirgi vaqtda loyiha hududida amalga oshiriladigan qurilish ishlariga tayyorgarlik sifatida chizmalar va sxemalar ishlab chiqilmoqda, va bu jarayonning umumiy qiymati 0,3 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Ushbu loyiha shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish, mavjud ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, aholining yashash sifatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Loyihalashtirish bosqichi loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun asosiy strategik bosqich hisoblanadi, chunki u qurilish ishlarining sifatli va samarali bajarilishini ta’minlaydi.