Maxsus imkoniyat
A
A
A
Kattalashtirish 30%
16.12.2025 15:00 20

Chortoq shahrida ichimlik suv tizimlarini rekonstruksiya qilish loyihasi

Chortoq shahrida 72,5 km ichimlik suv tizimlarini rekonstruksiya qilish yuzasidan pudrat korxonasi – Henan Water & Power Engineering Consulting Co., Ltd (Xitoy) bilan 2025 yil 12 martda shartnoma imzolandi. Bugungi kunda qurilish ishlari Chortoqsoy bo‘ylab “A” hududdan o‘tuvchi ichimlik suv quvurlarini o‘tkazish va Arbag‘ish qishlog‘i hududida suv rezervuari qurish ishlarini o‘z ichiga oladi.

Umumiy qiymati 24,0 million dollar bo‘lgan ushbu loyiha suv ta’minotini yaxshilash, ichimlik suvi sifatini oshirish hamda shahar va qishloq hududlarida barqaror suv ta’minotini ta’minlashga qaratilgan. Qurilish ishlari loyiha rejasiga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, shu jumladan suv quvurlarini o‘rnatish, filtratsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va suv rezervuarining asosiy inshootlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Fotogalereya