Maxsus imkoniyat
A
A
A
Kattalashtirish 30%

Kogon

Kogon — qadimiy Buxoroning yoʻldosh shahri.

O'zbekistonning o'rta shaharlari ko'plab umumiy muammolarga duch kelayotgan bo'lsa-da, har bir shaharning o'ziga hos ko'rsatib beradigan/ishlatilishi kerak bo'lgan noyob aktivlari, imkoniyatlari va salohiyatlari mavjud. Bu har bir shaharga o‘z salohiyatini to‘liq ishga solish va uzoq muddatli barqaror mahalliy rivojlanish uchun mustahkam iqtisodiy poydevor yaratish imkonini beradi. Ba'zi shaharlar kuchaytirilishi va mintaqaviy markazga aylantirilishi mumkin bo'lgan muhim logistika/savdo funktsiyasiga ega bo'lsa, boshqalari turistlarni jalb qilish, ularning xarajatlarini mahalliy iqtisodiyotga jalb qilish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan madaniy meros yoki tabiiy boyliklarga ega.

Kogon-qadimgi Buxoroning yo'ldosh shahri. Bu erda shahardan 12 kilometr uzoqlikda joylashgan O'zbekiston temir yo'llarining boshlang'ich nuqtasi joylashgan. Shaharda O'zbekiston madaniy merosining 2 ta arxeologik va 32 ta me'moriy yodgorliklari joylashgan. Ulardan eng mashhurlari: Buxoro amiri saroyi, shaharning eski qismidagi me'moriy yodgorliklar: Rossiya konsullik binosi, sinagoga va boshqalar.

Kogon iqtisodiy jihatdan Buxoroga sayyohlarga qaram boʻlmaslik, balki oʻz aktivlaridan koʻproq daromad olish uchun foydalanish imkoniyatiga ega va u mahalliy va mintaqaviy sayyohlarni jalb qilish uchun strategik sarmoya qilish zarur. Amir saroyi bu ro‘yxatda o‘zining ko‘rkamligi bilan yetakchilik qilsa-da, Italiya mehmonxonasi va Rossiya konsulligi binosi kabi boshqa ob’ektlar shaharning boy va qiziqarli tarixi borligidan dalolat beradi va bu haqda Kogonda tashrif buyurmoqchi bo'lgan bo‘lajak sayyohlarga aytib berish kerak. Jahon banki Kogonning "mustamlaka shahri"ning boy merosini turizm bilan bog'liq iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlash uchun katta salohiyat sifatida qayd etdi.

Asosiy infratuzilmaviy to'siqlarni bartaraf etish orqali Kogon shahrining hayot sifati, funksionalligi va jozibadorligini oshirish maqsadida o'rta shaharlarni kompleks rivojlantirish loyihasida quyidagilar ko'zda tutilgan: (1) Kogon shahrining oqova tizimini tizimini rekonstruksiya qilish (2) Amir saroyi binosini va shaharning markaziy qismidagi ayrim madaniy meros binolarini restavratsiya qilish va moslashtirish (3) Kogondagi loyiha hududlarini obodonlashtirish (4) Kogon-Buxoro avtobus yoʻnalishini tashkil etish (5) Shahar hokimligi uchun turli maxsus texnikalar xarid qilish (6) Sotib olingan maxsus texnikalarni saqlash uchun garaj majmualarini qurish.

.

6

Restovratsiya qilish rejalashtirilgan madaniy meros obyektlari

322

Erkin iqtisodiy zonalar

343

Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan loyixalar

Tadbirlar

Xalqaro anjuman

Qisqacha ma'lumotlar

Tashkilotchi: UNESCO Global

Telefon: +99890 123 45 67

Vaqti: 2022-03-10 - 2022-03-30

Manzil: 12 Buxoro ko'chasi, Labi Hovuz Hotel, Conference Room

Hujjatni yuklab olish

Ma'lumotlar

Qisqacha ma'lumotlar

Tashkilotchi: Kibera Technology LLC

Telefon: +998901140175

Vaqti: 2022-11-24 - 2028-03-30

Manzil: 123 45 Street San Francisco, CA, USA

Hujjatni yuklab olish

Ma'lumotlar

Qisqacha ma'lumotlar

Tashkilotchi: Kibera Technology LLC

Telefon: +998901140175

Vaqti: 2022-11-24 - 2028-03-30

Manzil: 123 45 Street San Francisco, CA, USA

Hujjatni yuklab olish

Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish

Qisqacha ma'lumotlar

Tashkilotchi: Buxoro viloyati madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish mintaqaviy direksiyasi markazi

Telefon: +998901140175

Vaqti: 2025-02-20 - 2026-12-31

Manzil: г. Каган

Hujjatni yuklab olish

Fotogalereya