Maxsus imkoniyat
A
A
A
Kattalashtirish 30%

Surxandaryo viloyati

Loyiha Surxandaryo viloyatining 8 shaharini qamrab oladi. Uzun, Sherobod, Jarqo'rg'on, Qumqo'rg'on, Denov, Sariosiyo, Sho'rchi, Boysun (Omonxona)

O'zbekistonning o'rta shaharlari ko'plab umumiy muammolarga duch kelayotgan bo'lsa-da, har bir shaharning o'ziga hos ko'rsatib beradigan/ishlatilishi kerak bo'lgan noyob aktivlari, imkoniyatlari va salohiyatlari mavjud. Bu har bir shaharga o‘z salohiyatini to‘liq ishga solish va uzoq muddatli barqaror mahalliy rivojlanish uchun mustahkam iqtisodiy poydevor yaratish imkonini beradi. Ba'zi shaharlar kuchaytirilishi va mintaqaviy markazga aylantirilishi mumkin bo'lgan muhim logistika/savdo funktsiyasiga ega bo'lsa, boshqalari turistlarni jalb qilish, ularning xarajatlarini mahalliy iqtisodiyotga jalb qilish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan madaniy meros yoki tabiiy boyliklarga ega.

Shaharlar infratuzilmasini kompleks rivojlantirish va ularni boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini izchil davom ettirish, o‘rta shaharlar aholisining servis xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, shaharlarning iqtisodiy va turistik salohiyatini yanada oshirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

a) Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida birinchi bosqichda “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) tajriba-sinov shaharlari sifatida Yangiyo‘l, Kogon va Chortoq shaharlarida amalga oshirilayotganligi;

b) Loyihani qo‘shimcha moliyalashtirish uchun:

2021-yil 10-iyunda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Direktorlar kengashi tomonidan 100 mln AQSh dollari va 2021-yil 11-iyunda Jahon bankining Direktorlar kengashi tomonidan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 100 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasiga taqdim etish ma’qullanganligi;

2022-yil 30-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va 2022-yil 14-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki o‘rtasida har biri 100 million AQSh dollari miqdorida 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 30 yil muddatga qarz bitimlari imzolanganligi;

O‘zbekiston Respublikasining ulushi soliq va bojxona to‘lovlari hamda moliyaviy xarajatlar, shuningdek, ko‘chib o‘tish bo‘yicha xarajatlarni qoplash ko‘rinishida 43,2 million AQSh dollari ekvivalentini tashkil etishi;

v) Loyihani qo‘shimcha moliyalashtirish uchun jalb etilayotgan mablag‘lar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga 5 yil (2023 — 2027-yy.) davomida yo‘naltirilishi. Batafsil ma'lumot: (https://www.lex.uz/uz/docs/-6786580) saytidan olishingiz mumkin.

PQ-47-son Qarorga muvofiq Surxondaryo viloyati (8 ta) shaharlarida 307,4 km ichimlik suvi va 7 ta suv inshoot, 99,3 km oqova suv tarmoqlari va 9 ta inshoot, 23,4 km yoʼl infratuzilmasini yaxshilash, 6 ta garaj komplekslarini qurish va 56 ta kichik mexanizmlar xarid qilish ishlari rejalashtirilgan.

Fotogalereya