Maxsus imkoniyat
A
A
A
Kattalashtirish 30%

Qashqadaryo viloyati

Loyiha Qashqadaryo viloyatining 6 ta shahrini qamrab oladi: Kitob, Shahrisabz, G'uzor, Koson, Dehqonobod va Qamashi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 31 yanvardagi PQ-47-sonli qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyatiga 100,0 mln dorllari mablagʼlar ajratilgan.


Loyiha doirasida Qashqadaryo viloyati (5 ta va qoʼshimcha Qamashi - Maydanak) oʼrta shaharlarida 206,7 km ichimlik suvi va 6 ta suv inshoot, 227,9 km oqova suv tarmoqlari va 3 ta inshoot, 62,8 km yoʼl infratuzilmasini yaxshilash, 80 ta yoritish tizimlarini oʼrnatish va 70 ta kichik mexanizmlar xarid qilish hamda 4 ta ijtimoiy soha obʼektlarini qurish va taʼmirlash belgilangan.


Shundan, 2025 yilda tarmoq jadvaliga muvofiq 4 ta ichimlik va oqova suv taʼminoti tarmoqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish, 2 ta istirohat bogʼlari, 1 ta Madaniyat uyi va 1 ta Yoshlar kovorking markazi binolari qurilish ishlarini loyihalashtirish hamda viloyat mintaqaviy strategiyasi va bosh rejalar ishlab chiqish va 70 ta maxsus texnikalar xaridi uchun jami 4,5 mln dollar mablagʼlar oʼzlashtirilishi belgilangan.


Shunga koʼra, jami 6 ta qiymati 3,9 mln dollariga teng shartnomalar imzolandi va 2 ta texnik topshiriqlar JBga tasdiqlash uchun kiritilgan va 1 tasi boʼyicha tender savdolari uchun eʼlon paketlari tayyorlanmoqda. 

2025 yil rejasi boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar:
- Kitob va Shahrisabz shaharlarida ichimlik suv taʼminoti tarmoqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish maqsadida loyihachi tashkilot - “Aziya Industry Invest” MChJ & “Navoiy Suv Loyiha” MChJ & “Water Engineering-Pro” MChJ QK (Turkiya, Oʼzbekiston) bilan 2025 yil 12 mayda shartnoma imzolandi va hududlarda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda, loyihalarning chizmalari va quvvatlar tayyorlanib loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayoni amalga oshirilmoqda (0,62 mln dollar);
- Koson va Gʼuzor shaharlarida oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlarini loyihalashtirish yuzasidan loyihachi tashkilot xususan, ALTER Uluslararası Mühendislik ve Müşavirlik Hizmetleri A.Ş. (Turkiya) bilan 2025 yil 29 iyulda shartnoma imzolandi va hududlarda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda loyihalarning chizmalari tayyorlandi va texnik quvvatlarning hisob-kitob ishlari amalga oshirilmoqda (0,9 mln dollar);
    - Kitob va Gʼuzor shaharlari markazlaridagi madaniyat va istirohat bogʼlarini rekonstruktsiya qilish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi - “ULTRA GROUP” MChJ (Oʼzbekiston), tashkilot bilan 2025-yil 7-avgustda shartnoma imzolandi va hududda loyihalashtirish ishlari boshlandi. Bugungi kunda, loyiha hududini oʼrganish, amalga oshiriladigan ishlar takliflari boʼyicha chizmalar va renderlar tayyorlandi va tuman hokimliklari bilan loyiha rejalari kelishilmoqda (0,1 mln dollar);
- Viloyatda xarid qilinadigan maxsus texnikalarning soni va quvvatlari (spetsifikatsiya) viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlandi va 2025-yil dekabr oyidan texnika yetkazib beruvchi korxona tanlab olish boʼyicha tender eʼloni boshlanadi (1,5 mln dollar);
- Dehqonobod shahrida Madaniyat uyi binosini qurish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi tashkilot jalb qilish yuzasidan texnik topshiriq LАOG tomonidan ishlab chiqildi va JBga koʼrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritildi. Shunga koʼra, texnik topshiriqni tasdiqlash va tender eʼlonini boshlanishi 2025-yil dekabr oyidan boshlanadi (0,4 mln dollar);
- Koson shahrida Yoshlar kovorking markazi binosini qurish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi tashkilot jalb qilish yuzasidan texnik topshiriq LАOG tomonidan ishlab chiqildi va JBga koʼrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritildi Shunga koʼra, texnik topshiriqni tasdiqlash va tender eʼlonini boshlanishi 2025-yil dekabr oyidan boshlanadi (0,4 mln dollar);
- Shuningdek, joriy yil rejasiga qoʼshimcha tarzda amalga oshirilayotgan, Qamashi tumani Maydanak hududiga olib boradigan yoʼl infratuzilmasini qurish va taʼmirlash ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi – "QASHQADARYO KOMPLEKS LOYIHA QIDIRUV EKSPEDITSIYASI" JAMOA KORXONASI bilan 2025-yil 15-oktyabrda shartnoma imzolandi va hududda loyiha ishlari boshlandi (0,24 mln dollar);
- Qashqadaryo (Shaxrisabx-Kitob, Gʼuzor, Qamashi va Yakkabogʼ) va Surxondaryo (Denov, Jarqoʼrgʼon) viloyatlari mintaqaviy strategiyalari va master rejalarini ishlab chiqish boʼyicha 2025-yil avgust oyida tender savdolari yakunlandi va gʼolib ishtirokchi aniqlandi (Groupe Huit MChJ (Frantsiya, yetakchi), Buro Happold MChJ (Buyuk Britaniya, aʼzo) va InfraTech Consulting SDN Ltd. (Oʼzbekiston, aʼzo) QK). Bugungi kunda, gʼolib konsulьtant tomonidan hududlarda rejalashtirish ishlari olib borilmoqda (2,3 mln dollari); 
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-sonli “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq jami 33 ta tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish belgilangan.
Shu munosabat bilan, Qashqadaryo viloyatining Qamashi va Yakkabogʼ tumanlarini master rejalarni tayyorlash hamda Surxondaryo viloyatining Denov tumani maʼmuriyat binosi kompleksi qurilishiga doir loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, hamda ushbu tumanlarda tanlab olinadigan uchtadan, jami 9 ta kichik (50-100 ga maydonda) hududlar uchun master rejalar ishlab chiqish boʼyicha mavjud shartnoma qoʼshimcha kelishuv imzolash boʼyicha choralar koʼrilmoqda.

Fotogalereya